Arda Gyulerning 50-uchrashuvi Realga qimmatga tushdi

Khoja
3 may 2025, 10:15
Real Madrid Arda Gyuler uchun Fenerbaxchega bonus to'ladi.

Turkiya klubi futbolchining Real safidagi 50-rasmiy o'yinini o'tkazgani uchun 4 million evro oldi, deya xabar bermoqda jurnalist Yagiz Sabuncuog'lu.

Shartnomaga ko'ra, Fenerbaxche shuningdek Realga qarshi bitta o'rtoqlik o'yini o'tkazish huquqiga ega.

Ma'lumot uchun, Real turkiyalik futbolchini 2023 yilda 24 million evroga sotib olgandi. Futbolchi joriy mavsum 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com