Koutino: "Liverpul"dan doim minnatdorman"

Mirjalol Normatov
30 noya 2020, 18:55
"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Filippe Koutino "Liverpul" haqida gapirdi.

"APL - odamni doim hayratda ushlab turadigan liga. Doimo "Liverpul" tarkibida o'ynaganimdan xursand bo'laman. Kelajakda nimalar bo'lishini bilmayman. Hozir asosiy maqsadim - "Barselona" bilan muvaffaqiyatlarga erishish", - dedi Koutino.

Ushbu mavsumda "Barselona" tarkibida Koutino 9 o'yinda harakat qilib, 3 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es