Emre Jan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
21 mar 2026, 20:15
32 yoshli Emre Jan "Borussiya" D bilan shartnomani uzaytirdi.

Tomonlar o'rtasidagi yangi kelishuv 2027 yil yozigacha davom etadi.

Dortmundliklar sardori 28 fevral kungi "Bavariya"ga qarshi o'yinda xochsimon paylaridan jiddiy jarohat olgan va davolanish jarayonida.

Jan 2020 yildan buyon jamoa sharafini himoya qilmoqda. Ushbu mavsumda u barcha turnirlarda 16 o'yinda qatnashib, uch gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: bvb.de