6 va 7: "Surxon" va "Andijon"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi uzunlashdi

19 noya 2026, 20:51
Bugun Superliganing 28-turiga start berildi.

Turning ilk bahsida Zominda “Surxon” va “Andijon” jamoalari o'zaro to'qnash keldi va unda 0:0 hisobi qayd etildi.

Shu orqali ikkala jamoaning Superligadagi g'alabasiz seriyalari uzunlashdi. “Surxon” so'nggi 6 o'yinda: “Qizilqum”, “Xorazm”, “Buxoro”, “Mashal”, “Andijon” (hammasi bilan 0:0) va “Nasaf” (1:1) bilan durang qayd etdi.

“Andijon” esa so'nggi Superligadagi 7 bahsida 5 bora mag'lub bo'ldi va 2 marta durang o'ynadi: “Nasaf” (1:4), “Buxoro” (3:2), “Qizilqum” (0:1), “Dinamo” (1:1), “Navbahor” (1:0), “Lokomotiv” (1:3) va “Andijon” (0:0).

Ikki jamoa ham so'nggi g'alabasini “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yinda qo'lga kiritgan va bunga roppa-rosa 2 oy bo'ldi.

Turnir jadvalida “Surxon” va “Andijon” yonma-yon joylashgan: vohaliklar 10-o'rinda, vodiyliklar 11-o'rinda.

O'xshash yangiliklar

Manba: championat.asia