Futbol afsonasi Yangi Kaledoniyani jahon chempionatida ishtirok etishga loyiq deb hisoblaydi

Оқил Абдубарноев
21 mar 2026, 20:08
Okeaniya mintaqasi jamoasi pley-off bosqichidan o'tsa, O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin oladi.

Yangi Kaledoniyada tavallud topgan futboli afsonasi Kristian Karambyo mamlakat terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishiga umid qilmoqda.

"Barchamiz Yangi Kaledoniya terma jamoasida o'ynashni xohlardik, ammo bizning davrimiz o'tib bo'ldi. Endigi asosiy vazifa – bo'lajak jahon chempionatida ishtirok etishga to'la haqli bo'lgan hozirgi avlodni qo'llab-quvvatlash. Umid qilamanki, ular pley-off turnirida nimalarga qodir ekanliklarini namoyish etishadi. Biz – Tinch okeani jangchilari millatimiz, yigitlar esa ko'zlangan marraga yetish uchun o'zlarining ruhiy matonati va aql-zakovatini ishga solishlari talab etiladi", dedi 55 yoshli mutaxassis.


Eslatib o'tamiz, Yangi Kaledoniya pley-off bosqichida dastlab Yamaykaga qarshi bahs olib boradi. Mazkur juftlikda ustun kelgan jamoa Kongo Dr bilan bellashadi. Pley-off g'olibi esa Portugaliya, Kolumbiya va O'zbekiston bilan bir guruhdan joy oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fifa.com