Konte "Tottenxem"da uch futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi

Alisher
3 yanv 2022, 15:40
Londonning "Tottenxem" klubidan joriy transfer oynasida ketishi mumkin bo'lgan uch futbolchi ma'lum qilindi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "shporlar" yarim himoyachilar Dele Alli va Tangi Ndombele, shuningdek forvard Steven Bergveynning sotuvini ko'rib chiqishga tayyorlar.

London klubi ustozi bo'lmish italiyalik mutaxassis Antonio Konte ushbu o'yinchilarni o'z taktik sxemalarida ko'rmayapti.

Qayd etish kerakki, ikki o'yinchilarga xaridorlar ham topildi. Bergveyning transferiga "Ayaks", Ndombelega esa "Roma" qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira