Konferenciyalar ligasi saralashi. “Tobol” 3-bosqich o'yinini qachon o'tkazadi?

Eldor Akmurzayev
30 iyul 2022, 09:55
Qozog'istonning “Tobol” klubi evrokuboklardagi yurishini davom ettirmoqda.

Igor Sergeev o'ynayotgan jamoaga Konferenciyalar ligasi saralashining 3-raundida “Zrinski” (Bosniya va Gertsegovina) raqiblik qiladi.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 4 avgustda Mostardagi o'yingohda bo'lib o'tadi. Javob o'yini esa 11 avgust kuni “Tobol”ning uy stadioniga belgilangan.

Kostaniyliklar o'tgan mavsum shu bosqichda muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Agar jamoa “Zrinski” to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tsa, oxirgi pley-off raundi qoladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia