Koler: "Alaba pul sababli "Bavariya"dan ketmoqda"

Mirjalol Normatov
7 mar 2021, 13:54
"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Yurgen Koler "Bavariya" himoyachisi David Alabaning jamoadan ketayotgani haqida gapirdi.

"Bu nafaqat o'zi, balki, dunyoning top-klublaridan biri bo'lgan "Bavariya" uchun ham ortga tashlangan qadam bo'ladi.

U ushbu qadamni pul uchun tashlayotgani tushunarli hol. U 28 yoshda va yangi jamoasiga katta maosh evaziga 4 yoki 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Bunda pul asosiy o'rinni egallaydi. Futbolchining faoliyati juda qisqa bo'ladi, agarda u jarohat olsa qisqa ham anchagina kamayib ketadi", - dedi Koler.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal