Serbiyalik goleador faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2026, 13:15
"Chelsi" "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovichni sotib olmoqchi.

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" ma'lumot berdi.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi futbolchining otasi, uning agenti Milosh Vlaxovich bilan muzokaralar olib bormoqda. 26 yoshli serbiyalik futbolchiga "Chelsi"dan tashqari "Bavariya", "Barselona" va "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.

2.jpg

Avvalroq "Yuventus" futbol strategiyasi direktori Jorjo Kellini klub Vlaxovichning iyun oxirigacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirmasligini tasdiqlagandi.

Vlaxovich "Yuventus"ga 2022 yilda "Fiorentina"dan kelib qo'shilgan. Hujumchi 2025/26 yilgi mavsum Turin jamoasi safida 23 o'yinda 10 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport