

Sport.es xabariga ko'ra, serbiyalik hujumchi shu yozda “Barselona”ga o'tishini engillashtirish uchun maoshi kamayishiga rozi bo'lgan.
Shuningdek, forvard “Beshiktosh”ga amalga oshishi mumkin bo'lgan transferni ham keyinga surdi. Turkiya klubi unga moliyaviy jihatdan jozibador taklif bildirgandi, ammo futbolchi Kataloniya poytaxtida faoliyatini davom ettirish uchun real imkoniyati borligiga hali ham ishonmoqda.

Biroq tomonlar o'rtasida hali yakuniy kelishuv mavjud emas. Vlaxovichning vakillari Kataloniya klubi bilan bog'lanishgan, ammo “Barselona” hozircha bitimni yakunlash bo'yicha aniq qadamlarni tashlagani yo'q.
Takidlash joizki, “Yuventus” bilan shartnomasi tugagani sababli Vlaxovich hozirda erkin agent hisoblanadi. Shu tariqa, “ko'k-anorranglilar” shu yozda jamoani tark etish istagini bildirgan Ferran Torresga potencial o'rinbosar sifatida qaralayotgan serbiyalik hujumchi uchun hech qanday transfer to'lovini amalga oshirishiga to'g'ri kelmaydi.



