Kloze, Santa Krus, Valdes va Trezege yanvar oyida "Barselona"ga o'tishi mumkin

Tolibjon Qosimov
9 okt 2013, 15:50
"Barselona" yanvar oyida klubni kuchaytirishi mumkin bo'lgan markaziy hujumchini qidirmoqda, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Manbaning xabariga ko'ra klub qiziqishlari doirasiga quyidagi hujumchilar kirishi mumkin: Miroslav Kloze ("Lacio"), Roke Santa Krus ("Malaga"), Nelson Valdes ("Al-Jazira" va David Trezege ("River Pleyt").

Oldinroq "Barselona" quyidagi futbolchilarga qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi: Artem Dzyuba ("Rostov" / "Spartak"), Oskar Kardoso ("Benfika"), Aric Aduris ("Atletik") va Gracioano Pelle ("Feyenoord").

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru