Kiberfutbol. JCH yo'llanmasi “Bunyodkor”da

Narzulla Saydullayev
30 sen 2016, 17:39
29 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida kiberfutbol bo'yicha jahon chempionati saralash uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Avvaliga 72ta ishtirokchi jamoa 8ta guruhga 9tadan joylashtirildi. Keyin natijalarga qarab yuqori o'rinlarni egallagan qatnashchilar “pley-off” bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi.

Qiziqarli va murosasiz o'tgan uchrashuvlarda “Bunyodkor” jamoasi vakili Muhammadamin Turg'unboev (niki Ali_Bebeto) barcha raqiblarini mag'lub etgan holda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi va shu yilning 27-31 oktyabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga O'zbekiston uchun ajratilgan yagona yo'llanmaga ega chiqdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com