Kaxi Maxaradze Gruziya terma jamoasining kengaytirilgan ro'yxatiga kiritildi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2015, 11:23
"Paxtakor" sardori Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi tomonidan kengaytirilgan ro'yxatga kiritildi.
Gruziya 25 mart kuni Malta bilan o'rtoqlik, 29 mart kuni Germaniya bilan Yevropa chempionati saralash bahsida Tbilisida maydonga tushadi. Mazkur bellashuv uchun Kaxaber Cxadadze 29 futbolchidan iborat kengaytirilgan ro'yxatni e'lon qildi. Ular orasidan 23 nafari yakuniy ro'yxatga tanlab olinadi. Mashg'ulotlar 23 mart sanasidan boshlanishi ko'zda tutilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz