Kassano: "Xoland futbol o'ynashni bilmaydi"

Mirjalol Normatov
16 apr 2023, 13:19
Italiya termasining sobiq futbolchisi Antonio Kassanoga "Manchester Siti" forvardi Erling Xolandning o'yinlari maqul kelmaydi.

"Xoland menga "Inter"dagi Adrianoni yodga solmoqda. Erling - Adriano tezligidagi Zlatan Ibragimovich. Umuman olganda Zlatanning texnikasi Xolanddan ko'ra yaxshiroq.

Robert Levandovski va Karim Benzema bilan solishtirganda Xoland futbol o'ynashni bilmaydigandek. U zo'r to'purar, biroq siz futbol o'ynashni bilmaydigan to'purarni afzal ko'rasizmi?", - dedi italiyalik.

Norvegiyalik forvard 32 gol bilan APL to'purarlari ro'yxatida peshqadam bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal