Kassano: "Allegrini matbuotda 4-5 nafar do'sti bor, ular murabbiy aytganini yozadi"

Aslanov Jasurbek
4 may 2024, 14:14
Antonio Kassano "Yuventus" ustozi Massimiliano Allegrining OAVdagi do'stlari haqida gapirdi.

"Matbuot himoya qiladigan murabbiylar mavjud, Allegrining esa u xohlaganini yozadigan 4-5 nafar do'sti bor.

O'tgan mavsum u do'stlari yordamida Leandro Paredes o'rniga yarim himoyaga Enco Barrenecheani qo'ydi, keyin 6 oy avval jahon chempioini bo'lgan Anxel Di Mariya manziliga tanqididiy maqolalar yozdirdi.

Di Mariya - joriy mavsum "Benfika" safida 22ta gol urgan fenomenal futbolchi. Allegri - maqtovlarni xohlaydi va do'stlari yordamida o'z ish joyini saqlab qolmoqchi" - dedi sobiq hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia