Kapello: "Jozeni tanqid qilishdan oldin ikki martalab o'ylagan bo'lardim"

Mirjalol Normatov
11 apr 2023, 21:50
Italiya termasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello so'nggi vaqtlarda trendga chiqqan Antonio Kassano va Joze Mourinyu o'rtasidagi munozara haqida gapirdi.

Kassano oldinroq murabbiyni tanqid qilib, "Roma"dan ketishi kerakligini aytgandi. Keyinchalik bunga portugaliyalik mutaxassis munosib javob qaytargandi.

"Mourinyu "Roma"da qoladimi yo'qmi, bilmayman. Shunchaki u A Seriya APL va LaLigadan past darajada emasligini tushunishini istardim. U dunyoning eng yaxshi klublarini boshqargan va o'z kasbidan lazzat olish uchun hali juda yosh.

Kassano bilan munozarasida biror tomonga yonbosish niyatim yo'q. Eshitdim, o'qidim va xursand bo'ldim. Antonioni yaxshi bilaman, uning murabbiyi bo'lganman. Biroq Jozeni ham yaxshi taniyman, shu sababli uni tanqid qilishdan oldin ikki martalab o'ylagan bo'lardim. Kassano aytgan gaplarini aytishidan oldin maslahatchilari bilan gaplashib olishi kerak edi. Masalan, Mourinyu o'z intervyusida Livayani eslab o'tdi, bu esa biz xatto yodimizga ham kelmasdi", - dedi Kapello.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal