

"Bu vaqt masalasi. Titul yutmagunimcha, ketishni istamayman. Balki, buni ushbu yilda amalga oshira olarmiz", - deydi Vela.
Vela 2018 yilning yanvaridan buyon "Los-Anjeles"da o'ynaydi.
33 yoshli meksikalik futbolchi joriy mavsum MLS doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assist qayd etdi. Forvardning amaldagi shartnomasi 2022 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan.



