Garet Beyl "Los-Anjeles"ga o'tganini rasman ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022, 14:10
"Real"ning sobiq futbolchisi Garet Beyl ijtimoiy tarmoqlarida "Los-Anjeles" jamoasiga o'tganini ma'lum qildi.

Hali klub matbuot xizmati bu borada rasmiy ma'lumot berganicha yo'q. Biroq barchasi ma'lum bo'lib ulgurgan. U erkin agent sifatida MLS jamoasiga o'tadi.

O'tgan mavsum Beyl LaLiganing 5 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://twitter.com/GarethBale11