Beyl "Kardiff"ni sotib olib, uni APLga olib chiqmoqchi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2025
"Real" sobiq hujumchisi Garet Beyl Uelsning "Kardiff" futbol klubini sotib olish istagini tasdiqladi.

"Biz bu haqda gaplashdik, "Kardiff" bilan muloqot o'rnatishga urinib ko'rdik, kelajakda yangi ma'lumotlar paydo bo'ladi. Bu jamoa mening yuragimga yaqin. Men klub rivojlanishining bir qismi bo'lish va uni o'zi loyiq bo'lgan Premer-ligaga olib chiqishni istardim. rdim. Klub egalari guruhiga qo'shilish orzu bo'lib, haqiqatga aylanishi mumkin edi", – dedi Beyl.

Klub o'tgan mavsum oxirida Chempionshipdan Angliyaning uchinchi darajali divizioniga tushib ketdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports