
“Bizda ikkita ajoyib darvozabon bor. Shu sababli Diego Lopes Ispaniya chempionatida o'ynashni haqli ravishda qo'lga kiritgan bo'lsa, Kasilyas bizga Chempionlar ligasi o'yinlarida kerak bo'ladi.
Natijaviylik borasida hech qanday muammoga duch kelmasligimiz mumkin, lekin meni himoya chizig'i tashvishga solayapti.
Biz “Real”ni Chempionlar ligasining 10 karra g'olibiga aylanishi uchun qo'limizdan kelgan ishni qilamiz”, - deydi Anchelotti.