JCH oldidan. Braziliya-1950

Mirjalol Normatov
13 iyun 2018, 19:30
Jahon chempionatiga ham oz vaqt qoldi. Biz mundiallar tarixi haqida yozishda davom etamiz.

1950 yilning 24 iyun-15 iyul kunlari Braziliya yashil maydonlarida hisob bo'yicha to'rtinchi jahon chempionati o'tkazildi.

Ikkinchi jahon urushi sababli 1938 yildan keyin ilk marta jahon chempionati bahslari o'tkazildi. Unda Urugvay termasi g'oliblikka erishdi va 1930 yilgi natijasini takrorladi.

Guruh bosqichidan chiqqan jamoalar sovrinli pog'onalar uchun yana bir bor aylana tizimida kuch sinashdi, shu boisdan ushbu turnir tarixda qoldi. Hal qiluvchi bellashuvda Urugvay mezbon Braziliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Shuningdek, ushbu turnir sovrini ilk marta Jyul Rime nomi bilan ataldi.

QATNASHCHILAR

Turnirda 16 terma jamoa qatnashish huquqini qo'lga kiritdi:

Yevropa
Angliya
Ispaniya
Italiya - amaldagi jahon chempionlari turnirga avtomatik tarzda yo'llanma olgan
Turkiya
Shveytsariya
Shvetsiya
Shotlandiya
Yugoslaviya

Janubiy Amerika
Boliviya
Braziliya - turnir mezboni avtomatik tarzda yo'llanma olgan
Paragvay
Urugvay
Chili

Shimoliy Amerika
Meksika
AQSH

Osiyo
Hindiston

Saralash boshlanguncha Turkiya va Shotlandiya chempionatda qatnashishdan bosh tortdi. FIFA bo'sh joylarni Portugaliya va Fransiya orqali to'ldirishga harakat qildi, biroq bunga portugallar rad javobini berdi. Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan Fransiya va Hindiston mundialda qatnashishdan bosh tortdi. Yakunda chempionat 1930 yilgi kabi 13 terma ishtirokida o'tkazildi. Guruhlardagi tarkiblarga o'zgartirishlar kiritilmadi.

Turnirda ilk marta Angliya termasi ham qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

SARALASH BOSQICHI

Avtomatik tarzda turnirga yo'llanma olish

Amaldagi jahon chempioni turnirga avtomatik tarzda turnirga yo'llanma oldi. Biroq turnir bo'lishiga bir yil qolganida Italiya termasining asosini tashkil etgan "Torino" futbolchilari aviahalokatga uchradi. Shunga qaramasdan Italiya turnirdan chiqib kyetmadi, ammo ular Braziliyaga kemada borishdi.

Qolgan 14 o'rin shu tarzda taqsimlandi: Yevropadan 7, Amerikaning ikki qitasi uchun 6 va Osiyoga 1 yo'llanma berildi.

Saralashga yo'llanma berilmaganlar

Ikkinchi jahon urushida "faol" bo'lgani uchun Germaniya va Yaponiya terma jamoalari saralashga qo'yilmadi. Biroq Italiya va Avstriya sankciyalardan chetda qolishdi. Shuningdek, Saar (Germaniyadagi viloyat) va GDR termalari ham "qopdan tushib qoldi“.

Britaniya termalari

Uzoq yillardan keyin Britaniya tarkibidagi davlatlar ham JCHda qatnashish taklifini qabul qilishdi. Britaniyaliklar o'zlarining guruhli tizimini ishga solishdi va saralash bosqichiga eng yaxshi ikki terma Angliya va Shotlandiya yo'llanma oldi.

Saralashgacha chiqib ketganlar

O'sha davrdagi holatni inobatga olgan holda dunyoning ko'plab davlatlari JCHda qatnashmaslikni maqul topdi. Saralashda qatnashmaslikni Xitoy, Sobiq Ittifoq, Bolgariya, Vengriya, Gretsiya, Chexoslovakiya kabi davlatlar istadi. 1938 yilgi mundialda qatnashgan Ruminiya, Polsha, shuningdek, Islandiya va Albaniya kabilar ham saralashda qatnashishdan bosh tortdi.

TURNIR

Stadionlar

Rio-de-Janeyro. "Marakana", 199854
San-Paulu. "Pakaembu", 60000
Belu-Orizonti. "Seti-di-Setembru", 30000
Kuritiba. "Vila Kapanema", 10000
Portu-Alegri. "Dos Eukaliptus", 20000
Resifi. "Ilya-du-Retiru", 10000

Final o'yinlari

Braziliya - Shvetsiya 7:1
Urugvay - Ispaniya 2:2
Urugvay - Shvetsiya 3:2
Braziliya - Ispaniya 6:1
Urugvay - Braziliya 2:1
Shvetsiya - Ispaniya 3:1

Jadval

O'

Jamoalar

O'

YU

D

M

T-N

±

O

1

Urugvay

3

2

1

0

75

+2

5

2

Braziliya

3

2

0

1

144

+10

4

3

Shvetsiya

3

1

0

2

611

−5

2

4

Ispaniya

3

0

1

2

411

−7

1

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: wikipedia.com