Italiya Kubogi finali muxlislar bilan o'tadi

Mirjalol Normatov
29 apr 2021, 22:33
Italiya sog'liqni saqlash vazirligi rasman mamlakat kubogi finali muxlislar bilan o'tishini ma'lum qildi.

Bayonotga ko'ra, "Redjo nell'Emiliya" stadionida o'tadigan "Atalanta" va "Yuventus" jamoalari ishtirokidagi o'yinni 20 foiz muxlislar bevosita tomosha qilishlari mumkin bo'ladi. 

"Sassuolo"ning uy stadioni hisoblangan arenaning sig'imiga qaraydigan bo'lsak, o'yinga taxminan 4700 kishi kirishiga ruxsat etiladi va ular karantin qoidalariga qatiy rioya qilishadi.

Final 19 may kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia