"Inter" yarim himoyachisi jarohat oldi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2022, 12:32
"Inter" futbolchisi Robin Gosens jarohat orttirib oldi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, futbolchi "Monako" bilan o'yin vaqtida son mushaklarini shikastlagan. Jarohat jiddiy emas, biroq 28 yoshli futbolchi jamoaning mavsumoldi tayyorgarligi bir qismini o'tkazib yuboradi.

Davolanish kurslari 1-2 hafta davom etishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato