"Inter" va "Milan" Italiya terma jamoasi futbolchisi uchun kurashmoqda

Alisher
18 okt 2021, 15:31
"Torino"da harakat qilayotgan Italiya terma jamoasi hujumchisi Andrea Belotti jamoasini o'zgartirishga yaqin.

O'yinchi "buqalar" rahbariyatiga mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayotganini xabar qildi.

Futbolchi uchun bosh da'vogar "Milan" va "Inter" klublaridir. Ikki klub ham joriy mavsum so'nggida Belotti bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolamoqchi.

27 yoshli futbolchi 2015 yilning avgustidan beri Turin jamoasida o'ynaydi. Andrea joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi uchta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb