Ilyos Qurbonov: "Hujumchilarimizga mahorat yetishmadi"

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2023, 00:04
"Metallurg" hamda "Turon" o'rtasidagi Superliganing 8-tur uchrashuvidan (1:1) keyin mezbon jamoa murabbiyi Ilyos Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ilyos Qurbonov: "Qiyin o'yin bo'lishi bilgandik, chunki "Turon"ga ham ochko juda kerak edi. Bizda juda ko'p vaziyatlar bo'ldi, ulardan foydalana olmadik. Hisobni biz ochganimizda g'alabaga erishishimiz mumkin edi".

- G'ofurov va Palich diskvalifikaciya, Obradovich va Stanoevich vataniga qaytib kegani uchun bugungi bahsda ishtirok eta olishmadi. Ularning yo'qligi qanchlik bilindi?

- Ularning o'rnini egallaydigan futbolchilar etarli. Bu yigitlar yo'qligi bilinmadi. 

- Yozgi tanaffusda "Metallurg"ni tark etadiganlar va klubga keladiganlar ismini ayta olasizmi?

- Selekcioner va murabbiylar maslahatlashib, tarkibni kuchaytirishimiz kerak. Chunki ikkinchi davrani kuchli jamoalarga qarshi boshlaymiz. Ikkinchi davra uchun ikki uch nafar futbolchi olmoqchimiz. Himoyamiz oqsayapti, har o'yin gol o'tkazib yuboryapmiz.

- Hujumchilarga vaziyatlardan unumli foydalanish uchun nima yetishmadi?

- Futbolda bir qoida bor: "Sen urmasang, senga urishadi". Bektemir Abdumannonov va Shahzod Nematjonovda vaziyatlar bo'ldi, ular yosh va yigitlarga mahorat yetishmadi deb o'ylayman.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia