Ikki Angliya grandi "Napoli" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
1 mar 2022, 15:26
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisga ikki APL klubi qiziqish bildirmoqda.

25 yoshli ispaniyalik futbolchini "Manchester Yunayted" va "Arsenal" o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ruis "Napoli"da katta maosh olmaydi, shunday ekan Angliyadan moliyaviy jihatdan yaxshi taklifga u qiziqish bildirishi mumkin.

Fabian joriy mavsum 28ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assist qayd etdi. Ispanning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb