Iguain termaga chaqirilmagani sababi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
4 sen 2018, 00:40
"Milan" forvardi Gonsalo Iguain milliy termadagi faoliyati borasida kichik o'zgarishlarga yo'l qo'ydi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, futbolchi bir yil davomida termadagi faoliyatini to'xtatib turadi. Bunday bo'lishiga sabab - jahon chempionatidagi omadsizlik deb keltirilmoqda.

Forvard yozda "Milan" bilan ikki yillik shartnoma imzolagandi. Hozircha u yangi jamoasi tarkibida gol ura olmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport