Iguain xayrlashuv uchrashuvida qatnashdi

Sherzod Nurmatov
18 okt 2022, 19:25
"Inter Mayami" hujumchisi Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyati bilan rasman xayrlashdi.

Kecha "Nyu-York Siti"ga qarshi pley-off bosqichining 1/8 final uchrashuvi (0:3) 34 yoshli argentinalik hujumchi uchun faoliyatidagi so'nggisi bo'ldi.

Argentinalik futbolchi faoliyatini 2005 yilda "River Pleyt"da boshlagan. Keyinchalik "Real", "Napoli", "Yuventus", "Milan", "Chelsi" va "Inter Mayami" klublarida o'ynagan.

2009-2018 yillar oralig'ida u Argentina terma jamoasi safida 75 ta o'yin o'tkazib, 31 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Brief