"Manchester Siti"ga yana bir himoyachi keldi

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2025
"Nyu-York Siti" himoyachisi Kristian Makfarleyn "Manchester Siti"ga o'tdi, deb xabar berdi ingliz klubi rasmiy sayti.

Amerika fuqaroligini ham olgan 18 yoshli ingliz futbolchisi erkin agent sifatida "Manchester Siti" bilan shartnoma imzoladi.

Makfarleyn chap qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi va "Nyu-York Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "shaharliklar"ning asosiy tarkibida 13 ta uchrashuv o'tkazgan. Angliya yoshlar terma jamoasida 3 ta o'yinda maydonga tushgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The New York Times