

Hozircha Suriya termasi to'liq jamoa bo'lib yig'ilgani yo'q. Poytaxtimizdagi "Lotte City Hotel Tashkent Palace" mehmonxonasida faqat ayrim futbolchilar va jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi joylashgan, xolos. Jamoaning qolgan a'zolari bugun kechki payt mehmonxonaga yetib kelishlari kutilmoqda.
Bizga ma'lum bo'lishicha, bugun kechki payt Suriya termasining mashg'ulot o'tkazishi rejaga kiritilgan. Jamoa murabbiylaridan birining aytishicha, mashg'ulot 20:00da boshlanadi, lekin qaysi stadionda bo'lib o'tishini hali bilmaydi. Hozircha mehmonxonada bo'lib turgan suriyalik futbolchilardan eng mashhuri Omar Al Soma. Ma'lumki, ushbu hujumchi Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubida to'p tepadi.
X.Xoliqov.




