Horhe Valdes: "O'zbekistonga qarshi bahsda g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi”

Narzulla Saydullayev
17 okt 2013, 23:43
Panama terma jamoasi bosh murabbiyi Horhe Valdes O'zbekistonga qarshi o'yindan oldin jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Bu haqda twitter.com/UzbekistanU17 xabar berdi. 

Horhe Valdes: “Urugvay va Braziliyaning g'alabasidan jabr ko'rgan jamoaga qiyin, albatta. Futbolchilarning o'ziga kelishi oson bo'lmaydi.

Musobaqani yaxshi boshlash muhim. Kuchli jamoalar ochilish o'yinlarida hayajon tufayli yutqazib qo'ygan holatlar ham bo'lgan.

Biz O'zbekiston terma jamoasini yaxshilab o'rgandik. Tahlilchi guruhdan ma'lumotlar olgan holda tayyorlandik. Ko'p narsa o'rgandik.

Jahon chempionatiga chiqqanligimizdan xursandmiz. Ammo, bu erga faqat ishtirok etish uchunmas, natija uchun kelganmiz. Guruhimizda kuchli jamoalar to'plangan. Ularga bo'lgan hurmatni saqlagan holda aytishim mumkinki, biz g'alaba qozonish uchun keldik”.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Panama o'rtasidagi o'yin 18 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da "Fujayra" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Sport telekanali orqali jonli ravishda efirga uzatiladi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia