Ha, hammasini to'g'ri tushundingiz. Sedan - Zinchenkoning sevgan qizi

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2019, 03:00
Kechagi kunning eng yorqin voqealaridan biri Zinchenkoning "Futbol 1/2" telekanali muhbiridan olgan bo'sasi bo'ldi.

Ukrainalik o'yindan keyingi flesh-intervyuda 2010 yil Kasilyas qilgan ishni takrorladi. Ijtimoiy tarmoqlarda futbolchi bosar-tusarini bilmay, yo'lidan chiqqanini o'pishni boshlagani haqida yozishdi. Ammo bu gaplar noto'g'ri.

TAS-IX

 


TAS-IX emas



So'nggi 3 yil ichida Aleksandr haqida deyarli hamma narsa - qanday qilib "Siti"ga o'tgani, havaskorlarda o'ynagani, maktabda qanday o'qigani haqida bilib oldik. Oshkor bo'lmagan yagona narsa qolgandi - Zinchenko kim bilan uchrashayotgani.

Zinchenko hech qachon qiz o'rtog'i haqida gapirmagan va bor e'tibori futbolga qaratilgani, munosabatlar unga buyuk o'yinchi bo'lishda halaqit qilishini aytib kelgan edi. Ammo endi u "Siti"ning asosiy futbolchisi, sovrinlar yutdi, demak, qiz o'rtog'i uchun vaqt ajratishi mumkin.

Aleksandr Vlada Sedan nomi bilan mashhur bo'lgan Vlada Sheglova bilan uchrashishni boshlaganiga ko'p bo'lmadi. Qiz "Futbol 1/2" telekanalida jurnalist bo'lib ishlaydi. Aleksandr aynan shu qiz bilan birga "Shaxtyor" hamda "Dinamo" (Kiev) uchrashuvini tribunadan tomosha qilgan edi.


Vlada - 2016 yil o'tkazilgan Yevropa chempionatining o'sha mashhur muxlisasi hisoblanadi.

U Fransiya stadionlariga aynan Aleksandr familiyasi tushirilgan futbolkada kelgan edi.

Aleksandr va Vlada hozircha "Instagram"ga birga tushgan suratlarini qo'yishmayapti. Kechagi bo'sa - ular o'rtasidagi munosabatning ilk tasdig'i.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ua.tribuna.com