"Arsenal" himoyachisi transferga qo'yildi

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2024, 13:36
Aleksandr Zinchenko "kanonirlar"ni tark etishi mumkin.

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Aleksandr Zinchenko transferga qo'yildi, deya xabar berdi "TBR Football".



Xabarlarga ko'ra, "kanonirlar" kelasi mavsumda 27 yoshli Zinchenkoning xizmatlariga muhtoj emas. Bosh murabbiy Mikel Artetaning fikricha, himoyachi jamoa darajasiga mos kelmayapti.

Aleksandr Zinchenko joriy mavsum "Arsenal" safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TBR Football