Gvardiola o'zi bilan birga o'ynagan eng iqtidorli futbolchi kim bo'lganini aytdi

Nozimov Nig'monxo'ja
10 okt 2023, 09:05
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbolchilik faoliyati davomida birga o'ynagan eng iqtidorli futbolchi nomini aytdi.

“Menimcha, hamma joyda, jumladan, Italiyada ham iqtidorli futbolchilar bor. Men o'ynagan eng buyuk istedodmi? Albatta Robérto Bádjo.

 Ijtimoiy tarmoqlar orqali uyda o'tirib iqtidorni rivojlantirish mumkin emas. Agar mashq qilsangiz, hatto xato qilsangiz ham iqtidor rivojlanadi. Sizga futbol o'ynash yoqadimi? Unda ko'proq o'ynang”, - deya Gvardiola so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport. 

Eslatib o'tamiz, Gvardiola futbolchi sifatida “Barselona”, “Breshiya”, “Roma”, “Al-Ahli” va “Dorados de Sinaloa” klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport