Gvardiola: "Beshta o'zgarish - o'yinchilarni jarohatlardan himoya qilishning yagona yo'li"

Alisher
17 iyun 2020, 12:53
"Manchester Siti" bosh murabbiyi o'yinchilarining sog'ligidan xavotirda.

Xosep Gvardiola 5ta o'zgarish qilish mumkinligi borasida yangi qoida haqida gapirdi. Ispaniyalik mutaxassis hatto ko'p miqdordagi o'zgartirishlar ham qiyin vaziyatda yordam berishiga amin emas.

"5 o'yinchi - barchasi o'ynaydi. Bilmadim, zaxiradagi o'yinchilarimga qancha vaqt beraman, ammo besh o'zgarish - futbolchilarni jarohatdan asrashning yagona yo'li. Yaqin bir yarim, ikki oy og'ir o'tadi.

Chempionliklar Ligasi boshlanganda, bizga to'liq rotaciya kerak bo'ladi", - deydi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" bugun APL doirasida "Arsenal" bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: skysports.com