Gvardiola: "Barselona" qanday qilib bu ahvolga kelib qolganiga hayronman"

Mirjalol Normatov
6 iyul 2021, 00:58
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Barselona"ning moliyaviy holati haqida gapirdi.

"Ha, men ham xotirjam emasman. Klubning moliyaviy holati achinarli darajada. Klub bunday ahvolga tushib qolganidan hayronman. Laporta va uning yordamchilariga ishonaman. Ular bu holatdan chiqib keta olishadi.

Koronavirus pandemiyasi buning asosiy sababchisi emas. Bunga yana bir ikki sabablar bor. Shu boisdan klub biroz sabr qilishi kerak. Yaqin yillar klub uchun og'ir o'tadi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal