

Mavsum yakuniga etganidan so'ng "Bavariya"dan ketishi kutilayotgan Gvardiola "Chelsi"ni o'z qo'liga olishi mumkin.
Agarda Gvardiola "Chelsi"ga keladigan bo'lsa, unda unga 10 nafar yangi futbolchi sotib olib berishlari kerak. Gvardiolaga yaqin insonning gapiga ko'ra, Gvardiola "Chelsi"ning hozirgi tarkibidan qoniqmaydi.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" bugun Joze Mourinyoni iste'foga chiqardi. Jamoani esa mavsum yakuniga qadar Gus Xiddink boshqarishi kutilmoqda.



