Georgi Kvesieshvili: "Biz xato qildik, "Paxtakor" gol urdi"

Narzulla Saydullayev
22 sen 2016, 14:16
"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng mehmonlar himoyachisi Georgi Kvesieshvili o'z fikrlarini bildirdi.
"Qisqa vaqt ichida o'yinlar o'tkazdik. Bugungi o'yinga jismonan tomonlama tayyorgarlik ko'rgandik. "Paxtakor" bizning xatoimizdan keyin gol urdi va g'alaba qozonib ketdi. Bizda golli vaziyatlar bo'ldi deya olmayman.

Endi "Nasaf" bilan o'ynaymiz, umid qilamizki bu bahsda ijobiy natijani qo'lga kiritamiz", - deydi Georgi Kvesieshvili.


Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia