Garsiya klasiko davomida Vinisiusga hazil qildi: "Keyingi "Oltin to'p" seniki"

Alisher
21 mar 2022, 16:48
Erik Garsiya "Barselona" va "Real" (4:0) o'rtasidagi o'yin davomida Vinisius Juniorga hazil qildi.

"Real" vingeri Ronald Arauxo bilan kurashda to'pni yo'qotganidan so'ng Garsiya braziliyalikka murojaat qildi: "Keyingi "Oltin to'p" seniki".

Bu o'yin translyatsiyasidan o'rin oldi, Movistar esa "Barsa" himoyachisining nima deganini aniqladi.

Vinisius uchun kechagi klasiko faoliyatidagi o'ninchisi bo'ldi. Futbolchi ulardan beshtasida g'alaba qozongan va ikkita gol urgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As