Garet Beyl: "Real" tarkibidagi birinchi o'yinimdayoq gol urganimdan xursandman"

Narzulla Saydullayev
15 sen 2013, 13:39
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl "qirollik klubi" safidagi debyut uchrashuvi qanday kechganidan to'la qoniqqanini aytib o'tdi.
"Men maydonga yuksak bir faxr tuyg'usi bilan chiqdim. "Real" safida o'ynash - tushuntirib bo'lmas hissiyot! Birinchi o'yindayoq gol ura olganimdan juda ham mamnunman. 60 daqiqa harakat qilishi, boshlanishi uchun yomon natija emas. Umid qilamanki, shu haftadagi Chempionlar Ligasi doirasidagi o'yinda bundan yaxshiroq natijani qayd etamiz", deb yozadi futbolchi tvitterida.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net