"Bugungi o'yin haqida nima deya olaman? "Nafis"ni 12:3 hisobida mag'lub etdik. Raqib juda kuchsiz deya olmayman, shunchaki yigitlar o'yinga jiddiy munosabat bilan tushishgandi. Shogirdlarimni tabriklayman", - deydi Nikolay Odushev.
- Bu turda "Ardus" 5ta o'yinda 2ta durang va bitta mag'lubiyat qayd etdi. Nima uchun pasayish yuzaga keldi?
- To'g'ri ta'kidladingiz. Yigitlar bu turga etarli darajada ruhan va jismonan tayyorlana olishmadi. Birinchi o'yinda "Olmaliq" bilan durang o'ynadik. Keyin esa shunchaki bo'shashib ketdik va "Nasaf"ga yutqazdik, "Maksam-Chirchiq" bilan durang o'ynadik.
- Jarohat va diskvalifikaciyalar ham natijaga ta’sir qildimi?
- Albatta. Bu ham ta’sir qildi. To'rt nafar asosiy tarkib o'yinchilarimizning xizmatidan foydalana olmadik.
- Shaxzod Bo'riev va Farhod Abdumavlonov qachon safga qaytishadi?
- Xudo xohlasa ular kubok o'yiniga qadar tuzalishadi. 3 mart kuni O'zbekiston kubogi doirasida "Kogon" bilan to'qnash kelamiz. O'sha o'yinda ikkala futbolchi tarkibga kirishi mumkin.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi