Futzal. Bugun superfinal!

Narzulla Saydullayev
14 may 2016, 12:58
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatida mavsum chempioni nomi ma'lum bo'ladi.

Chempionat reglamentiga ko'ra finalda qaysi jamoa 2ta g'alabaga erishsa o'sha chempion deb topiladi. Birinchi kungi finalda "Ardus" yirik g'alabaga erishgandi - 3:0. Kecha bo'lib o'tgan ikkinchi o'yinda esa "Olmaliq" 5:3 hisobida zafar quchdi.

Bugun bo'lib o'tadigan hal qiluvchi uchrashuvda qaysi jamoa g'olib bo'lsa O'zbekiston chempioni bo'ladi. O'yin soat 18:00da "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, "Ardus" 5 karra O'zbekiston chempioni, "Olmaliq" esa amaldagi chempion hisoblanadi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia