Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash. G'arbiy mintaqada navbatdagi tur o'yinlari o'tkazildi

Xayrulla Xoliqov
19 okt 2019, 09:50
2020 yilning 24 fevral - 10 mart kunlari Turkmanistonda futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Hozirda mazkur musobaqaga saralash o'yinlari faqat G'arbiy mintaqada start olgan. Qita birinchiligida 16ta jamoa ishtirok etadi va yakunda kuchli beshlikdan joy olgan jamoalar kelasi yilning 12 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Litvada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanma olishadi. 

Kecha G'arbiy mintaqada saralash bahslarining navbatdagi tur uchrashuvlari o'tkazildi. Bunda jamoalar ikki guruhga bo'lingan. Yakunda har bir guruhda birinchi-ikkinchi o'rinlarni qo'lga kiritgan, shuningdek 3-o'rin egalarining o'zaro bahsida g'olib chiqqan jamoa (jami 5ta jamoa) Osiyo chempionatiga boradi. Saralash bahslariga Bahrayn mezbonlik qilmoqda. 

"A" guruhi - Quvayt, Iroq, Bahrayn, BAA, Falastin. 

"B" guruhi - Livan, Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon. 


"A" guruhi o'yinlar taqvimi: 


1-tur. 16 oktyabr

Quvayt - Falastin 7:1 

BAA - Bahrayn 3:3 


2-tur. 17 oktyabr

Falastin - Iroq 3:6

Quvayt - BAA 4:1 


3-tur. 18 oktyabr

Iroq - Quvayt 1:4

Bahrayn - Falastin 4:1 


4-tur. 19 oktyabr

BAA - Iroq, Bahrayn - Quvayt 

5-tur. 20 oktyabr

Falastin - BAA, Iroq - Bahrayn


"B" guruhi o'yinlar taqvimi: 


1-tur. 16 oktyabr

Livan - Ummon 10:2

Qatar - Saudiya Arabistoni 2:5 


2-tur. 18 oktyabr

Ummon - Qatar 3:0

Saudiya Arabistoni - Livan 1:2 


3-tur. 20 oktyabr

Livan - Qatar, Saudiya Arabistoni - Ummon


Pley-off. 22 oktyabr

"A"-3 - "B"-3

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia