Futzal. Akbar Usmonov U-20 Osiyo chempionatining eng yaxshi to'purari

Tolibjon Qosimov
27 may 2017, 11:35
Kecha futzal bo'yicha tarixda ilk bor o'tkazilgan U-20 Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.

Musobaqa yakunida eng yaxshilar taqdirlandi. Unga ko'ra, O'zbekiston U-20 terma jamoasi hujumchisi Akbar Usmonov musobaqa to'purari degan nomga sazovor bo'ldi. Akbar Osiyo chempionati davomida raqiblar darvozasiga jami 13ta to'p kiritdi. Undan keyingi o'rindagi Afg'oniston U-20 terma jamoasi a'zosi Javad Haidari esa 10ta gol urdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo chempionatida 4-o'rinni qo'lga kiritdi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz