Frimpong: Meni haqorat qilishgani uchun jazolashdi, yana Rossiyada JCH o'tkazilarmush

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2015, 09:05
Ufa yarim himoyachisi Emmanuel Frimpong Rossiya chempionati 1-turida Spartakka qarshi o'yindan (2:2) so'ng olgan qizil kartochkasiga izoh berdi.

Chetlatish uchun uzr so'ramoqchiman. Meni majbur qilishdi. O'yin vaqtida irqchilikka doir haqoratlar bo'lmasligi kerak.

Spartak bilan durang – bu fantastik natija. Jamoam bilan faxrlanaman.

Meni haqorat qilishgani uchun meni jazolashadi. Yana bu davlatda Jahon chempionati o'tkazilarmush, mundialga Afrikadan ko'plab futbolchilar kelishadi.

Spartak muxlislariga qoyilman, ajoyib muhit yaratishdi. Barchasini barbod qilgan inson esa haqiqiy sharmanda, – deb yozadi Frimpong o'z tvitterida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru