Fransiya terma jamoasi o'yinchisi "Milan"ga o'tishi mumkin

Alisher
28 avg 2019, 15:56
"Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko "Milan"ga qaytmoqchi.

"Rossonerilar" rahbariyati ham 25 yoshli fransiyalik o'yinchini ortga qaytarishga qarshi emas.

Chunki, milanliklar o'yinchisi Frank Kessie ham "Monako"ga o'tishga yaqin turibdi. "Milan" bu futbolchini o'rnida aynan Bakayokoni ko'rmoqda.

Transferga halaqit beradigan yagona narsa bu "Milan" ustozi Marko Jampaolo texnikasi yuqori bo'lgan yarim himoyachilarga ko'proq ishonch bildirishidir.

25 yoshli Bakayoko o'tgan mavsum aynan "Milan"da ijara asosida harakat qilgan va A Seriyada 31ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia