FOTO. Neapolda Iguain surati tushirilgan xojatxona qog'ozlari ishlab chiqarilyapti

Narzulla Saydullayev
1 apr 2017, 08:02
Italiyaning “Napoli” klubi muxlislari haligacha Gonsalo Iguainning “Yuventus”ga o'tganligini hazm qila olishmayapti.

A Seriya doirasidagi “Napoli” - “Yuventus” uchrashuvi oldidan neapolliklar muxlislar argentinalik hujumchini yana bir bor esga olishdi.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, “Napoli”ning uy stadioni atrofida Iguainning “Yuventus” libosidagi surati tushirilgan xojatxona qog'ozlari sotuvi yo'lga qo'yildi.

Shu yo'l bilan “Napoli” muxlislari jamoaning sobiq futbolchisiga o'z norozliklarini bildirishdi. Iguain o'tgan yili “Yuventus” klubiga kechib o'tgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com