Fogts: "Germaniya terma jamoasini yuta oladigan jamoa ko'rmayapman"

Aslanov Jasurbek
31 dek 2015, 15:23
Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Berti Fogtsning hisoblashicha, ayni damda "bundesmannshaft"ni hech kim mag'lub qila olmaydi.

"Hozirda Germaniya terma jamoasini yuta oladigan jamoani ko'rmayapman. OAVga ishonadigan bo'lsak, hozircha biz Evro-2016ga rasman chiqib ulgurmadik. Ammo bu vazifani eplashimizga va turnirda yaxshi qatnashishimizga shubha yo'q. Germaniyada hech qachon bunday ko'p iqtidorli futbolchilar bo'lmagan" - deydi Fogts.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com