Farzandingiz futbolchilarni maydonga boshlab tushishini istaysizmi? “Paxtakor”dan yangi akciya!

Aziz Tukhtamuradov
27 iyul 2017, 18:28
Hurmatli ishqibozlar! “Paxtakor” futbol klubi sizlar uchun “Maydonga chiq” akciyasini e'lon qiladi.

Futbolni yoqtirib, “Paxtakor”ga muxlislik qilasizmi? Farzandlaringiz bilan “Paxtakor”ning uy o'yinlariga doimo tashrif buyurasizmi? O'g'lingiz yoki qizingiz o'yinchilarni maydonga boshlab chiqishni orzu qiladimi? Unday holda “Maydonga chiq” akciyasida ishtirok eting!

Agar sizning 6 yoshdan 11 yoshgacha farzandingiz bo'lsa, sizga ular uchun esda qolarli sovg'a tayyorlashni taklif etamiz! 12 avgust kuni “Paxtakor” stadionida o'tkaziladigan “Paxtakor” – “Neftchi” uchrashuvida futbolchilarni maydonga boshlab tushadigan 22 bolani qidiryapmiz.

Bu imkoniyatdan foydalanish uchun siz quyidagilarni amalga oshirasiz:

info@pakhtakor.uz elektron pochtasiga “Bola futbolchini boshlab tushadi” sarlavhasi bilan xat jo'natish

•Xatda ko'rsatish kerak: bolaning to'liq ismi sharifi, surati, bo'yi, yoshi, kiyimi o'lchovi va ota-onasining telefon raqami

•Xatlarni qabul qilish 6 avgust kuni tugaydi

Xat yuborishdan avval yodda tuting:

- bolaning jinsiga e'tibor berilmaydi;

- bola 6 yoshdan kam va 11 yoshdan katta bo'lmasligi kerak.

Xatlaringizni kutamiz!


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: pakhtakor.uz