

Bu haqida Fabricio Romano ma'lum qildi. Saudiya Arabistoni jamoasi 31 yoshli futbolchini chempionat uchun berilgan qaydnomadan chiqarib turishni reja qilishgan. Uning o'rniga yaqinda sotib olingan Renan Lodi joy oladi.
Neymar o'tgan yilning oktyabr oyida jiddiy jarohat olgandi va braziliyalik joriy mavsum boshqa futbol o'ynay olmaydi.
Ma'lumot uchun, Neymar o'tgan yozda PSJdan Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgandi. “Al Hilol” futbolchi uchun Fransiyaliklarga 90 million evro to'lashgan.



